Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi

Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi

Qozog‘istonda dzyudo bo‘yicha navbatdagi qit’a birinchiligi boshlandi.

Ushbu kun dasturida uch vakilimiz shohsupaga ko‘tarildi. -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova barcha raqibalarini, xususan, finalda amaldagi jahon chempioni yaponiyalik Ai Shishimeni 1 daqiqadayoq mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, -66 kg vazn toifasida Muhriddin Tilovov va -57 kgda kurashgan Nilufar Yermagambetova bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Oltin medal:

-52 kg: Diyora Keldiyorova

Bronza medal:

-66 kg: Muhriddin Tilovov
-57 kg: Nilufar Yermagambetova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring