Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dok-1 Maks» dori vositasi bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Dok-1 Maks» dori vositasi bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Illyustrativ foto

DXX tomonidan «Dok-1 Maks» dori vositasi bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

So‘nggi vaqtlarda respublikamizda o‘tkir respirator kasalliklarga chalingan bolalarda «Dok-1 Maks» siropini ichish oqibatida o‘lim holatlari kuzatilganligi keng jamoatchilikni xavotirga soldi. Hindistonning «Marion Biotech Pvt. Ltd» kompaniyasiga tegishli mazkur dori vositaci mamlakatimizga «Quramax Medical» MChJ tomonidan import qilinib, savdoga chiqarilgan.

Ta’kidlash lozimki, preparat uy sharoitida bolalarga shifokor retseptisiz, ota-onalar tomonidan mustaqil yoki dorixona sotuvchilarining tavsiyasi bilan shamollashga qarshi vosita sifatida noto‘g‘ri qo‘llanilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining laborator o‘rganishlariga ko‘ra, «Dok-1 Maks» siropining tarkibida mavjud bo‘lgan «etilenglikol» moddasi bemor salomatligida jiddiy salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi xulosasiga ko‘ra, «Dok-1 Maks» siropi me’yoriy hujjatda belgilangan talablarga javob bermaydi.

Hozirda holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan «Quramax medical» MChJ hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring