Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dok-1 MAKS»ning katta partiyasi DBQ omborida ushlab turilibdi

«Dok-1 MAKS»ning katta partiyasi DBQ omborida ushlab turilibdi

Dekabr oyida O‘zbekistonga keltirilgan «Dok-1 MAKS» dorisining 3 ta partiyasi, ya’ni, salkam 60 ming qutisi qat’iy nazorat ostida saqlanmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bundan tashqari, ushbu dorining ilgari keltirililgan 2 ta partiyasi ham DBQ omborida ushlab turilibdi.

«Bojxona organlari tomonidan salbiy holatlar kuzatilgan ilk kunlardanoq dori vositasini erkin muomalaga chiqarmaslik bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan», deyiladi xabarda.

Avvalroq «Quramax» korxonasi tomonidan 2022 yilda O‘zbekistonga olib kirilgan dorilar dorixonalarda sotuvdan olinayotgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring