Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar qadrsizlanadimi? Xitoy hukumati AQShning davlat qarzlarini sotmoqchi

Dollar qadrsizlanadimi? Xitoy hukumati AQShning davlat qarzlarini sotmoqchi

Foto: «Xabar.uz»

Dollar qadrsizlanishini nazarda tutgan Xitoy Xalq Respublikasi AQShning davlat qarzlarini sotmoqchi. Bu haqda «REGNUM» yozmoqda.

«Sohu» portali xabarida aytiladiki, Xitoy rahbariyati Qo‘shma Shtatlar o‘z iqtisodiy muammolarini hal qila olmaydi degan to‘xtamga kelgan. AQSh iqtisodiy muammosini hal qilishda chop etish stanoklariga tayanmoqda. Agarda AQSh Federal zaxira tizimi 2008-yildan beri qariyb $8 trln. chiqargan bo‘lsa, 2020-yil oxirigacha yana $5 trln. chiqaradi. Pekin buning oxiri yaxshilik bilan tugamasligini tushunadi.

Bu birinchi navbatda, dollarning qadrsizlanishiga olib keladi, holbuki, ushbu valyuta aksariyat mamlakatlar zaxirasida katta salmoqqa ega. AQShning chop etish mashinalarini ishga tushirish qarori, AQSh g‘aznachiligi obligatsiyalarini sotib yuborishga ulgurgan mamlakatlarni istisno qilganda, barcha mamlakatlarda salbiy oqibatlarga olib keladi — shunday xulosaga kelgan Xitoy hukumati kerakli choralarni qo‘llash tadorigida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring