Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Donald Tramp nima uchun GPT-5.6 dan ommaviy foydalanishga ruxsat bermayapti?

Donald Tramp nima uchun GPT-5.6 dan ommaviy foydalanishga ruxsat bermayapti?

OpenAI kompaniyasi o‘zining navbatdagi eng kuchli sun’iy intellekt modeli — GPT-5.6 ni rasman taqdim etdi. Biroq yangi tizimning keng omma uchun ishga tushirilishi hozirda faqat AQSh hukumatining yakuniy ruxsatiga bog‘liq. Yangi avlod tizimi turli vazifalarga moslashtirilgan uchta modeldan iborat:

  • Sol — eng kuchli va murakkab vazifalarni bajaruvchi model. Uning 1 million token (taxminan 750 ming so‘z) uchun narxi — kirish $5, chiqish $30 etib belgilangan.
  • Terra — narx va sifat muvozanati ta’minlangan o‘rtacha model. Kirish $2,50, chiqish $15.
  • Luna — eng tezkor va moliyaviy jihatdan eng hamyonbop variant. Kirish $1, chiqish $6.

Garchi OpenAI yangi modellar tizimini shu yilning 26-iyunida e’lon qilgan bo‘lsada, hozirda undan faqat cheklangan doiradagi kishilargina foydalanishmoqda. AQSh hukumati tomonidan maxsus tekshiruvdan o‘tgan 20 ga yaqin yirik tashkilotlar tizimni sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bunday cheklovlar AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan 2026-yil 2-iyunda imzolangan yangi farmon bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ma’lum bir quvvat darajasidan yuqori bo‘lgan barcha sun’iy intellekt modellari ommaviy taqdim etilishidan oldin davlat xavfsizlik xizmatlari tomonidan majburiy tekshiruvdan o‘tishi shart. OrenAI ushbu tartibga ixtiyoriy ravishda rozilik bildirgan. Shu sababli hozircha ChatGPT platformasida yangi model mavjud emas va foydalanuvchilar uchun kutish ro‘yxati ham ochilmagan.

Shunga qaramay, modelning keng omma uchun ochilish kuni juda yaqin. Dunyodagi yirik prognozlar bozori hisoblangan Polymarket platformasi ishtirokchilari yangi modelning chiqish sanasini 9-iyul deb taxmin qilimoqda.

Bundan tashqari, dasturchilar uchun mo‘ljallangan Codex ilovasining so‘nggi yangilanishlarida Sol modeli uchun maxsus tezlik sozlamalari paydo bo‘lgan. Bu sun’iy intellekt olamidagi navbatdagi yirik qadamning texnik jihatdan to‘liq yakunlangani va faqat huquqiy ruxsatnoma kutilayotganidan dalolat beradi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring