Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DSQ bozorlarda narxlarning asossiz oshirilishiga e’tibor qaratdi

DSQ bozorlarda narxlarning asossiz oshirilishiga e’tibor qaratdi

DSQ organlariga O‘zbekistonda avtotransport vositalarining harakatiga vaqtincha cheklov joriy etish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan bozorlardagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining sun’iy ravishda oshib ketishiga oid ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, «aholi transport cheklovi  sabab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari endi olib kirilmaydi degan fikrda, ushbu ma’lumotlar esa haqiqatga mos kelmaydi».

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, barcha postlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ortilgan avtotransport vositalarini hech qanday ortiqcha to‘siqlarsiz (lekin, kuzovga majburiy sanitar ishlov berilgandan keyin) o‘tkazib yuborish topshirig‘i berilgan. Qarorda aytilganidek, cheklov yuk avtomobillariga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchilariga tatbiq etilmaydi.

Bundan tashqari, supermarketlar, oziq-ovqat bozorlari, shuningdek, mahallalarda, aholi yashash punktlarida joylashgan oziq-ovqat do‘konlari ham faoliyatini davom ettiradi.

Sarosima uyg‘otish – bozorlarda, do‘konlarda odamlar o‘rtasida ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarish karantin qoidalarini buzish hisoblanadi va bu faqat koronavirusning tarqalishiga yordam beradi.

Mahsulotlarning narxlarni asossiz oshirilishiga guvoh bo‘lganlar DSQning (71)244-98-98 raqamli «Ishonch telefoni»ga yoki 1198 qisqa raqamli «Call-markazi»ga murojaat qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring