Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Bugun, 21 sentyabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida FlyDubai aviakompaniyasining Dubay – Samarqand yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshruvchi havo kemasi tantanali ravishda kutib olinadi.

Aviakompaniya tomonidan Dubay – Samarqand – Dubay yo‘nalishda parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni har ikki tomondan haftasiga jami 13 tani tashkil etmoqda. Parvozlar har ikki mamlakatning tayinlangan aviakompaniyalari Uzbekistan airways, Fly Dubai, Air Arabia tomonidan bajarilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring