Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo boylaridan biri biznes boshqaruvini ayol kishiga topshirmoqchi

Dunyo boylaridan biri biznes boshqaruvini ayol kishiga topshirmoqchi

Foto: Global Look Press

«Fast Retailing» reteyl-imperiyasi asoschisi va «Uliqlo» do‘konlar tarmog‘i egasi Tadasi Yanai o‘z biznesini ayol kishi meros qilib olishini xohlaydi. U bu haqda «Bloomberg»ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Milliarderning fikricha, ayol rahbarlar e’tiborli va qat’iyatli bo‘lishadi, yana ular estetik sezgi sohibasi hamdirlar. Shuningdek, Yanai «Fast Retailing»da 50 foizdan ko‘proq ayollar ishlashini rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda kompaniyada ayollar oltita rahbarlik lavozimini egallashgan. «Uniqlo» rahbari Maki Akayda biznesmen vorisiga aylanishi mumkin.

Tadasi Yanai — Yaponiyaning eng boy biznesmenlaridan biri. «Forbes» uning mol-mulkini 22,2 milliard dollarga baholagan: dunyo reytingida 41-o‘rinda. Oilasiga «Fast Retailing»ning 44 foizi tegishli. Birinchi «Uniqlo» do‘koni 1984 yil Yaponiyada ochilgan. Hozir kompaniyaning jahon bo‘ylab qariyb 3,2 mingta do‘koni mavjud. O‘tgan yili «Uniqlo» savdosi 18,9 milliard dollarni tashkil etdi — ko‘rsatkichning yuqorilashini Xitoy va Amerika bozori ta’minladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring