Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng keksa odam uzoq umr ko‘rish sirini aytdi

Dunyodagi eng keksa odam uzoq umr ko‘rish sirini aytdi

Foto: «romania-insider.com»

Britaniyalik 112 yoshli Bob Ueytonning o‘limidan so‘ng Yer yuzidagi eng keksa erkak deb ruminiyalik 111 yoshli Dumitru Komanesku tan olindi. Buxarestlikning uzoq umr ko‘rish sirini «Romania-Insider.com» sayti ma’lum qildi.

Buxarest qariyalar markazi press-reliziga ko‘ra, Komanesku Gerontologik tadqiqotlar guruhi (GRG) tomonidan eng keksa erkak deya e’lon qilingan. Bu guruh super uzoq umr ko‘ruvchilarni kuzatib boruvchi va tekshiruvchi turli sohadagi global tadqiqotchilar guruhi hisoblanadi.

Komaneskuning tan olishicha, uzoq umr ko‘rishining siri turmush o‘rtog‘i, o‘g‘illari va nevaralarining unga bo‘lgan mehr-muhabbatidadir. Dumitru 1908-yil 8-noyabr kuni Praxova okrugi Provitsa-de-Jos kommunasida dunyoga kelgan. Yoshligida u Ruminiya differensial geometriya maktabining asoschisi hisoblanmish taniqli matematik George Sitseykaning matematika fakultetida ta’lim olgan. Keyinchalik Komanesku mutaxassisligini o‘zgartirishga qaror qilib, qishloq xo‘jaligini o‘rgana boshlagan. Universitetni tamomlagach 70 yil o‘simlik kasalliklari bo‘yicha mutaxassis va agrotexnik bo‘lib faoliyat yuritgan.

2020-yil fevralda Buxarest ma’muriyati Komaneskuni Ruminiyaning eng keksa fuqarosi deya e’lon qildi. Unga 5 ming Rumin leyi (taxminan 1150 dollar) to‘lab, esdalik yorlig‘ini topshirdi.

28-may kuni Bob Ueyton vafot etdi. U 112 yoshida (112 yil va 60 kun) onkologik kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Britaniyalik ushbu sharafli nomga Yaponiyada 112 yoshli Titesu Vatanabe vafotidan so‘ng bor-yo‘g‘i uch oy egalik qilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 116 yil va 54 kun yashagan yaponiyalik Dziroemon Kimura Yer yuzida eng ko‘p umr ko‘rgan erkak hisoblanadi. Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha umume’tirof etilgan rekord fransuz Janne Kalmanga tegishli bo‘lib, u 1997-yilda 122 yoshida vafot etgan (122 yil va 164 kun). Lekin tadqiqotchilar uning yoshidan shubhalanishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring