Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng qimmat doridan foydalanishga ruxsat berildi

Dunyodagi eng qimmat doridan foydalanishga ruxsat berildi

Illyustrativ foto

AQShda irsiy qon kasalligi — beta-talassemiyani davolash uchun in’yeksiya (emlash)ga ruxsat etildi. Bu dunyodagi eng qimmat dori hisoblanadi.

«Zinteglo» (Zynteglo) nomini olgan ushbu dorini Bluebird bio kompaniyasi ishlab chiqdi. Kompaniya ma’lumot berishicha, kasallikni davolash yoki bemorning holatini ancha yaxshilash uchun dorining bitta dozasi yetarli. Bitta emlashning narxi — $2,8 mln. Ya’ni shu paytgacha dunyoda eng qimmat sanalgan Zolgensma (orqa miya mushaklari atrofiyasini davolashda qo‘llaniladi)dan 700 ming dollar qimmatroq.

Beta-talassemiya — gemoglobin bilan bog‘liq mutatsiya kelitirib chiqaruvchi nasliy kasallik. Patologiyasi yengil holsizlikdan tortib tinmay donor qonini quyib turishgacha — turlicha namoyon bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring