Dunyoga mashhur «Honeywell» kompaniyasi Toshkentda «aqlli» tizimlar yaratishga qiziqmoqda
Kecha, 29-noyabr kuni Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamkorlikda Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Honeywell» kompaniyasi mutaxassislari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda «Honeywell» kompaniyasi mutaxassislari Toshkent shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida «Aqlli shahar» (Smart cities), «Aqlli bino» (Smart Buildings), aqlli yoritgichlar, intelektual transport tizimi, kommunal soha bo‘yicha aqlli hisoblagich tizimi (elektr, suv, gaz), aqlli avtoturargohlar, chiqindilarni intellektual boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazishdi.
Qayd etish lozimki, jahonga mashhur bu kompaniya ko‘plab mamlakatlarda «aqlli» tizimlar yaratgan. Jumladan, Dubaydagi ulkan «Burj Halifa» inshootini o‘zining tizimlari bilan jihozlagan. Hozirda «Burj Halifa» nafaqat dunyoning eng baland binosi, balki eng «aqlli» inshootlaridan biri sanaladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter