Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng boy odami bir kunda qariyb yetti milliard dollaridan judo bo‘ldi

Dunyoning eng boy odami bir kunda qariyb yetti milliard dollaridan judo bo‘ldi

Foto: «AP Photo / Pablo Martinez Monsivais»

Dunyoning eng boy odami, «Amazon» asoschisi Jeff Bezos 28-oktyabr kuni 6,8 milliard dollar yo‘qotdi. Umuman olganda, jahondagi fond birjalari qulashi natijasida yer yuzidagi eng davlatmand 10 nafar milliarderning mol-mulki bir kunda 37,36 milliard dollarga qisqardi. Bu haqda «Bloomberg Billionaires Index» (BBI) ma’lumotlari dalolat beradi.

Shuningdek, «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg (5,75 milliard dollar) hamda «Tesla» va «SpaceX» kompaniyalari asoschisi Ilon Mask (4,24 milliard dollar) katta yo‘qotishlarga duchor bo‘ldi. Sukerberg va Mask BBI milliarderlari reytingida to‘rtinchi va uchinchi pog‘onalarni band etishgan.

Ikkinchi o‘rinni «Microsoft» asoschisi Bill Geyts egallagan bo‘lib, u unchalik zarar ko‘rmadi: uning boyligi bir kunda «bor-yo‘g‘i» 2,3 milliard dollarga kamaydi.

Shu bilan birga, «Forbes» jurnalining yozishiga ko‘ra, dunyodagi eng boy o‘n kishining mol-mulki bir kunda 34 milliard dollarga kamaydi. Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, Sukerberg boyligi 100 milliard dollardan ortiq bo‘lgan milliarderlar ro‘yxatini tark etdi. Investor Uorren Baffet esa dunyoning eng boy odamlar ro‘yxatida joyini hindistonlik biznesmen Mukesh Ambaniga bo‘shatib berib, yettinchi o‘ringa tushib qoldi.

«Forbes»ning dunyo milliarderlari o‘ntaligi asosan amerikaliklardan iborat. Faqat ikkita o‘rin boshqa yurt fuqarolariga nasib qilgan — «Reliance Industries» egasi Mukesh Ambani (Hindiston) hamda «Louis Vuitton Moët Hennessy» prezidenti Bernar Arno (Fransiya).

Milliarderlarning boyligi kamayishiga pandemiyaning ikkinchi to‘lqini natijasida dunyo fond bozorlarida sarosimali sotib tugatish bilan izohlanadi. Birgina Amerika fond indekslari 4% atrofida pasaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring