Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dushanbeda granata portlashidan bir inson halok bo‘ldi

Dushanbeda granata portlashidan bir inson halok bo‘ldi

Foto: «Asia-Plus»

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yashovchi Ivan Mezensev «RGD-5» granatasi portlashi oqibatida olingan jarohatlardan vafot etdi, bu haqda «REGNUM» Tojikiston IIV matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

IIVga ko‘ra, baxtsiz hodisa kecha, 14-yanvar kuni soat 16:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Ma’lumotga ko‘ra, 1987-yilda tug‘ilgan Mezensev qonunga xilof ravishda uyida granata saqlagan.

Mast holatda bo‘lgan Mezensev granatni yonida olib chiqqan. Ehtiyotsizlik oqibatida granata u yashaydigan uy kirish qismida portlab ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring