Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXXning sobiq binosi o‘rnida mehmonxona quriladi

DXXning sobiq binosi o‘rnida mehmonxona quriladi

Toshkentda Radisson Collection Hotel, Tashkent premium-klass mehmonxonasi ochiladi.

Radisson Hotel Group kompaniyasi «Metropol Group» MChJ bilan 164 o‘rinli mehmonxonani ochish bo‘yicha bitim imzolagan.

22 qavatli mehmonxona 2026 yilda ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Toshkent markazidagi Sayilgoh ko‘chasida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosi o‘rnida barpo etiladi.

Eslatib o‘tamiz, «METROPOL GROUP» MChJ sobiq vazir Abdulaziz Komilovning o‘g‘li – Kamilov Daniyar Abdulazizovichga tegishli bo‘lib, u 2021 yili DXXning sobiq binosini 210 mlrd so‘mga sotib olgan edi.

Shuningdek, Daniyar Kamilov yaqinda sobiq «Qo‘qonspirt»ni ham sotib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring