Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YIning besh mamlakati yer osti gaz omborlarini 90 foizdan ziyod to‘ldirdi

YIning besh mamlakati yer osti gaz omborlarini 90 foizdan ziyod to‘ldirdi

Foto: Teknoblog

Yevropa ittifoqi mamlakatlari orasida Daniya, Polsha, Portugaliya va Shvetsiyadan so‘ng Fransiya o‘z yer osti gaz omborlarini 90 foizdan ziyod to‘ldirgan 5-mamlakat bo‘ldi. Bu haqda Yevropa gaz infratuzilmasi operatorlari assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Umuman olganda, 23-avgust holatiga, YI mamlakatlari gaz omborlari to‘ldirilish ko‘rsatkichi 78 foizga yetgan.

Yevroittifoq iyunda qabul qilgan yangi qoidaga muvofiq, gaz omborlari to‘ldirilish ko‘rsatkichi 2022-yilning 1-noyabrida kamida 80 foizga, kelgusi yillarda 90 foizga yetkazilishi shart. Hozirgacha 10 ta mamlakat ko‘rsatkichni 80 foizdan oshira oldi.

Ma’lumot uchun: Yevropa ittifoqining 27 mamlakatidan 18 tasida o‘z yer osti gaz omborlari bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring