Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert smartfonni ishdan chiqaradigan yangilashlardan ogohlantirdi

Ekspert smartfonni ishdan chiqaradigan yangilashlardan ogohlantirdi

Foto: «The Hindu»

IT-gigantlar chiqaradigan yangilashlar binoyidek ishlab turgan smartfonni «buzishi» holatlari tez-tez uchrab turadi. Bunga yangi texnologiyalar, qolaversa dasturiy kodning tobora murakkablashib borayotgani sababchi, dedi Plexanov nomidagi RIU informatika kafedrasi mudiri Aleksandr Timofeyev «Praym» agentligiga bergan intervyusida.

Misol uchun, Google androidlar uchun Carrier Services ilovasiga oxirgi yangilashni chiqarganidan so‘ng bu ilova o‘rnatilgan smartfonlarda SMS-xabarlar ishlamay qoldi.

«Vaqti kelib Android yoki iOS amaliy tizimlarida «Yangilashni o‘chirish» yoki zavod sozlamalariga qaytarish funksiyasi paydo bo‘lsa ajablanmayman», — dedi mutaxassis.

Mobil operatorlarda aloqa xizmatlari yangi texnologiyalarga yangilanishi yanada tezlashyapti, shu sababli ayrim ilovalardagi ba’zi yangilashlar smartfonning «qotib ishlashi» yoki butunlay ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin. Ba’zida, kamdan-kam kuzatilsa-da, zavod sozlamalarigacha qayta o‘rnatishga to‘g‘ri keladi, deydi Timofeyev.

Nosozliklarga sabablar ko‘p, aksariyat dasturiy ta’minotchilar tayyor shablonlardan foydalanishadi, ishlanmalarini o‘zaro ayirboshlashadi, natijada algoritmlar chalkashib ketadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring