Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov Joze Mourinyu bilan tanishuvi haqida so‘zlab berdi

Eldor Shomurodov Joze Mourinyu bilan tanishuvi haqida so‘zlab berdi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi, ayni paytda «Rostov» klubida to‘p surayotgan Eldor Shomurodov «Match TV»ga intervyu berdi.

U o‘z so‘zida taniqli murabbiy Joze Mourinyu bilan qanday uchrashgani haqida ham to‘xtalgan.

Shomurodovning so‘zlariga ko‘ra, Mourinyu bilan futbolchining agenti German Tkachenko tanishtirgan.

"Tkachenko syurpriz borligini aytdi. Biz stol atrofida o‘tirdik, bir mahal Mourino kirib keldi. Boshida ishonmadim, keyin esa salomlashdim. Ozroq gaplashdik.

U Osiyo chempionati haqida fikrlarini bildirdi. Tkachenko unga musobaqada qatnashganimni va gol urganimni aytdi. Mourinyu buni bilarkan", - deya esladi Shomurodov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring