Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektr energiyasidagi uzilishlar sababi ma’lum qilindi

Elektr energiyasidagi uzilishlar sababi ma’lum qilindi

«Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — uskunalarning eskirgani yoki yetarli emasligida emas, balki stansiyalarimizda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligida» — dedi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev.

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar haqida so‘z bordi.

«ASKUE tizimini joriy qilganimiz bitta masalada adolat o‘rnatdi — endi to‘lovni amalga oshirmagan iste’molchi energiya yoki gaz bilan ta’minlaymaydi. Ushbu tizim ishga tushgach, elektr energiyasini iste’molchiga yetkazib berishdagi uzilishlarni uch barobarga qisqartirdik. Oxirgi besh yilda qurilgan elektr stansiyalari undan oldingi 25 yilda ham qurilmagan.

Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — uskunalarning eskirganligi yoki yetarli emasligida emas. Balki stansiyalarimizda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligida. Masalan, O‘zbekistondagi mavjud elektrning 90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Buning qariyb 85 foizi tabiiy gaz vositasida.

Masalan, 2016 yilgacha O‘zbekistonda bitta zamonaviy bug‘-gaz issiqlik stansiyasi qurilgan — 2012 yilda Navoiy issiqlik elektr stansiyasida. Ammo 2016 yildan keyin Navoiyda bitta, Tallimarjonda ikkita, To‘raqo‘rg‘on elektr stansiyasida ikkita, Taxiatosh elektr stansiyasida ikkita va Toshkent elektr stansiyasida bitta bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bularning barchasi davlat investitsiyasi hisobidan qurildi», — dedi Sh.Xo‘jayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring