Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elizabet Trass — Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri!

Elizabet Trass — Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri!

Foto: RIA Novosti

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass hukumat tepasidagi Konservativ partiya yetakchisiga aylandi.

U ertaga, 6-sentyabrda amaldagi bosh vazir Boris Jonsonning o‘rnini egallaydi.

Partiya ichki ovoz berish jarayonida Trass partiya a’zolarining 81 mingdan ortiq ovozini oldi. Uning raqibi — sobiq moliya vaziri Rishi Sunak 60,3 mingta ovoz to‘pladi.

Elizabet Trass Britaniya tarixidagi 56-bosh vazir, qirolicha Yelizaveti II davridagi 15-bosh vazir bo‘ldi. Trass hukumat tepasiga kelgan uchinchi ayoldir: ungacha Margaret Tetcher (1979–1990-yillarda hukumat rahbari) va Tereza Mey (2016–2019) Britaniyani boshqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring