Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eng kitobxon» hududlar aniqlandi

«Eng kitobxon» hududlar aniqlandi

O‘zbekistonning qaysi viloyatlari aholisi ko‘proq kitob sotib olayotgani haqida ma’lumot berildi.

Davlat soliq qo‘mitasi bergan ma’lumtga ko‘ra, aholi tomonidan onlayn nazorat kassa texnikasi orqali 2022-yil yanvar-avgust oylarida 111,7 mlrd so‘mlik kitob sotib olingan.

Ushbu davr mobaynida 5 708 ta kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi sub’yektning 15,3 ming savdo shoxobchalari orqali 980,6 ming marta kitob mahsulotlari realizatsiya qilingan.

Eng ko‘p kitob xarid qilingan hududlar esa:

  • Toshkent shahri – 58,9 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati – 14,8 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati – 12,5 mlrd so‘m
  • Navoiy viloyati – 6,8 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati – 4,1 mlrd so‘m
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring