Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdog‘an: Turkiyani Yaqin Sharqning energiya markaziga aylantirishga qaror qildik

Erdog‘an: Turkiyani Yaqin Sharqning energiya markaziga aylantirishga qaror qildik

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Chayjuma-1 konida 3023 metr chuqurlikdagi «Fotih» burg‘ulash kemasi 58 milliard kub metr tabiiy gaz zaxirasini aniqlaganini aytdi.

«Qora dengizdagi tabiiy gaz zaxiralarimiz 170 milliard kub metrga oshib, jami 710 milliard kub metrga yetdi», – dedi prezident.

«Bugun Turkiyada sutkalik neft qazib olish 80 ming barrelga yetdi. Kelgusi yilda bu ko‘rsatkichni 100 ming barrelga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Turkiyani Kaspiy dengizi, O‘rta yer dengizi va Yaqin Sharqning energiya markaziga aylantirishga qaror qildik. Bizning asosiy maqsadimiz – chet el nefti va tabiiy gazidan butunlay voz kechgan holda Turkiyaning energetik mustaqilligini e’lon qilishdir», – deydi Turkiya davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring