Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Turkiyada qaysi cheklov choralari yumshatilganini ma’lum qildi

Erdo‘g‘on Turkiyada qaysi cheklov choralari yumshatilganini ma’lum qildi

Foto: «Tury.ru»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on koronavirus epidemiyasi tufayli mamlakatda joriy etilgan cheklov choralari 10-iyundan yana yumshatilishini e’lon qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Turkiyada karantin choralari 1-iyundan jiddiy yumshatildi, hukumat shaharlararo safarlardagi taqiqni bekor qildi, restoranlar, basseynlar, plyajlar, parklar, sportzallar, bolalar bog‘chalari ochildi.

«Restoran va qahvaxonalar endi yarim tungacha ishlashi mumkin (avval 22:00 gacha edi). 65 yoshdan oshgan fuqarolar soat 10 dan 20 gacha uyidan tashqariga chiqishi mumkin. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar kattalar kuzatuvida har kuni tashqariga chiqishi mumkin. Teatr va to‘y salonlari 1-iyuldan ochiladi», — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning ma’lum qilishicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakatda 989 ta yangi koronavirus holati qayd etildi, jami kasallanganlar — 171 121 kishi. 19 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi, jami vafot etganlar — 4711 kishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring