Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Zelenskiyga Putin bilan uchrashishni taklif qildi

Erdo‘g‘on Zelenskiyga Putin bilan uchrashishni taklif qildi

Bugun, 18-avgust kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Lvovga tashrifi chog‘ida Ukraina prezidenti Zelenskiyga Putin bilan uchrashuv tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda CCN Turk telekanali xabar berdi.

Turk telekanalining ta’kidlashicha, bu uchrashuv Moskva va Kiyevning murosaga kelishi uchun «yo‘l xaritasi» bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

«Ukrainada aniq tinchlik bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga erishish Zelenskiyning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokidagi Lvov sammitida prezident Erdo‘g‘onning taklifiga beradigan javobiga bog‘liq bo‘ladi», – deb yozadi CCN Turk telekanali.

NTV telekanalining xabariga ko‘ra, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini taklif qilmoqchi. Shuningdek, u mahbuslarni almashishda Turkiyaning vositachiligini muhokama qilishni rejalashtirgan.

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich, o‘z navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Zelenskiyni diplomatik kelishuvga rozi bo‘lishga va rejalaridan voz kechishga ko‘ndirishlari mumkinligini istisno qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 5-avgust kuni Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Putin bilan Sochida muzokara o‘tkazgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring