Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimov: «Aholining tez tibbiy yordamga murojaatlari sezilarli darajada kamaydi»

Erkinjon Turdimov: «Aholining tez tibbiy yordamga murojaatlari sezilarli darajada kamaydi»

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

– Bugunga kelib aholining tez tibbiy yordamga murojaatlari sezilarli darajada kamaydi. Buni raqamlar misolida aytadigan bo‘lsak, 20-25 iyul kunlari 3500 dan ortiq murojaat qabul qilingan bo‘lsa, shu kunlarda 103 raqamiga o‘rtacha 2400-2500 ta qo‘ng‘iroq qayd etilmoqda, – dedi viloyat hokimi.

Keyingi kunlarda tez yordam brigadalarining moddiy-texnik holati tubdan yaxshilanishiga erishildi. Tez yordam mashinalarining soni 280 tadan 363 taga yetkazildi. Viloyatning tez yordam mashinalariga bo‘lgan ehtiyoji 130 foizga bajarildi.

Bundan tashqari, Jizzaxdagi «Folksvagen» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan 10 ta maxsus tez yordam mashinasi xarid qilinmoqda.

Samarqand shahridagi Olimpiya zahiralari tayyorlash markazida 1080 o‘rinli shifoxona foydalanish uchun tayyor bo‘ldi. Shifoxonada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan va pnevmoniyaga chalingan bemorlarni davolash uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Eng zarur dori va tibbiy asbob-uskunalar – IVL, kardiomonitor, Bobrov apparati, nebulayzer bilan jihozlandi.

1080 o‘rinning barchasiga konsol o‘rnatilib, bemorlarning kislorod bilan davolanishi ta’minlandi.

Shifoxonada jami 34 nafar vrach, 90 nafar hamshira va 90 nafar kichik tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatadi. Bu yerga olib kelingan bemor shu yerning o‘zida rentgentga tushirilib, kardiolog, terapevt va boshqa tor mutaxassis shifokorlar ko‘rigidan o‘tkaziladi.

Yangi tashkil qilingan laboratoriyada koronavirus uchun test hamda bemorning holatiga qarab boshqa tahlillar shu yerning o‘zida olinadi. Bemorlarga kislorod uzluksizligini ta’minlash maqsadida shifoxonaga zamonaviy kislorod stansiyasi qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring