Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yerning og‘irligi — olti ronnagramm. Xalqaro birliklar tizimida o‘zgarish bo‘ldi

Yerning og‘irligi — olti ronnagramm. Xalqaro birliklar tizimida o‘zgarish bo‘ldi

Foto: Adobe Stock

Versalda o‘tkazilgan O‘lchovlar va og‘irliklar bo‘yicha bosh anjumanda ekspertlar yo‘qolib borayotgan o‘ta kichik va ulkan kattaliklarni tavsiflashda yordam beruvchi yangi rasmiy atamalar uchun ovoz berishdi.

Bu shkalaning tepasida yangi old qo‘shimchalar — ronna (milliard milliard milliard) va quetta («ronna»dan ming marta katta)ni ko‘rish mumkin.

Misol uchun, Yerning og‘irligi — olti ronnagramm, Yupiter sayyorasi esa taxminan ikki kvettagramm og‘irlikka ega.

Bu Xalqaro birliklar tizimi (SI)dagi so‘nggi 30 yildagi ilk o‘zgarish. Odatda «milliard milliard»lardan olimlar yoki gapga chechan bolalar foydalanishardi. Yangi ronnagrammlar kimlarning lug‘atini boyitishi haqida faqat taxmin qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring