Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronda koronavirus tufayli har 7 daqiqada o‘lim holati qayd etilyapti

Eronda koronavirus tufayli har 7 daqiqada o‘lim holati qayd etilyapti

Foto: «So-l.ru»

Eronda har 7 daqiqada yangi tipdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 bemori vafot etyapti. Bu haqda davlat televideniyasiga tayanib «Reuters» agentligi xabar berdi.

Bir kecha kunduzda Islom respublikasida 215 ta o‘lim va 2,5 mingta yuqtirish holati qayd etildi. Mamlakat bo‘yicha jami 312 ming kishi koronavirusga chalinib, ulardan 17,4 nafari hayotdan ko‘z yumdi.

Rasmiylarning fikricha, aholining ehtiyot choralariga amal qilmasligi bu qadar yuqori ko‘rsatkichlarga sabab bo‘lmoqda: televizion reportaj Tehron ko‘chalarida odamlarning to‘planib turganini namoyish etgan. Yo‘lovchilar niqobsiz bo‘lishgan, ustiga-ustak, ijtimoiy masofa ham saqlashmagan.

Agentlik ayrim ekspertlar rasmiy ma’lumotlarga shubha bilan qarashayotganini ta’kidlagan. Tadqiqotlarga ko‘ra, haqiqiy raqamlar hukumat e’lon qilayotganidan ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkin.

18-iyul kuni mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy vatandoshlarini epidemiyaning yangi to‘lqini boshlanayotganidan ogohlantirgandi. U o‘n milliondan Eron aholisining yarmigacha SARS-CoV-2ni yuqtirib olishi mumkinligini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring