Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan Yerda magnit bo‘ronlari boshlanadi

Ertadan Yerda magnit bo‘ronlari boshlanadi

Astronomlar Quyoshdagi portlashlar oqibatida yaqin kunlarda sodir bo‘ladigan magnit bo‘ronlaridan ogohlantirishdi.

Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi prognoziga ko‘ra, Quyoshdagi birinchi portlash ertaga, 21-dekabr kuni yuz beradi. Erta tongdanoq bir necha soatgacha cho‘ziluvchi magnit bo‘ronlari boshlanadi.

Magnit bo‘ronlarining kattarog‘i 25-dekabrda boshlanib, 28-dekabrgacha davom etadi. U G1 (kuchsiz daraja) toifasiga kiritilgan. Magnitosferadagi beqarorlik 29–31-dekabr kunlari, qolaversa, yangi yilning 3 yanvarida kuzatilishi kutilmoqda.

Shifokorlar magnit bo‘ronlariga nisbatan organizmi sezuvchan odamlarga bu kunlari jismoniy zo‘riqishlardan tiyilish, uyqu rejimini buzmaslik, toza havoda ko‘proq bo‘lish, yetarli miqdorda suv ichib, meva va sabzavotlar iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring