Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Isroil Madrimov revansh jangini o‘tkazadi

Ertaga Isroil Madrimov revansh jangini o‘tkazadi

Shanba kuni Londonda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakillari — Isroil Madrimov (8-0, 6KO) va Mishel Soro (35-3-1, 24 KO) o‘rtasida chempionlik kamariga majburiy da’vogar maqomi uchun revansh jangi o‘tkaziladi.

Esingizda bo‘lsa, 2021 yil 17 dekabr kuni Toshkentda bu ikki bokschining o‘zaro jangi bo‘lib o‘tgandi. Madrimovning ustunligida o‘tgan o‘sha jangning 9-raundi oxirlarida o‘zbek bokschisi Mishel Soroga kuchli zarba yo‘llaydi. Raqibi muvozanatini yo‘qotganini sezgan hamyurtimiz zarbalar yomg‘irini amalga oshiradi. Muxlislar shovqini ostida hakam raund yakunlanganini bildiruvchi bongni eshitmay qoldi va bokschimiz jangni oxiriga yetkazib qo‘yadi. Mishel Soro texnik nokautga uchraydi.

Bu holatdan norozi bo‘lgan Soro jamoasi tashkilotga revash berilishini so‘rab murojaat qilgan edi. Shunday qilib revansh jangi 9 iyulga belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring