Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Putin bilan gaz markazi yaratish bo‘yicha kelishib olgan

Erdo‘g‘on Putin bilan gaz markazi yaratish bo‘yicha kelishib olgan

Erdo‘g‘on Putin bilan gaz markazi yaratish bo‘yicha kelishib olganini e’lon qildi. Yevropa Rossiya gazidan Turkiya orqali foydalanishi mumkin, deya tushuntirgan u.

«Bugun Yevropa davlatlari faol ravishda gaz sotib olish yo‘llarini izlamoqda, Turkiyada esa bunday muammolar yo‘q», – deydi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on chorshanba kuni Anqarada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi parlament fraksiyasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan so‘nggi uchrashuvda ular gaz masalasida bir fikrga kelishgan.

«Putinning o‘zi Yevropa Turkiya orqali gaz sotib olishi mumkinligini aytdi», – deydi Turkiya rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Erdo‘g‘on Energetika vazirligiga gaz tarmog‘ini qurish bo‘yicha ishlarni boshlash haqida ko‘rsatma bergan edi. Turkiya rahbari uni yaratish taklifini Ostonadagi uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putindan olgani ma’lum.

«Anadolu» agentligiga ko‘ra, markaz katta ehtimol bilan mamlakat shimoli-g‘arbidagi Sharqiy Frakiyada joylashgan bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring