Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropada energiya inqirozi bir necha yilgacha cho‘ziladi — Financial Times

Yevropada energiya inqirozi bir necha yilgacha cho‘ziladi — Financial Times

Foto: InoSMI

Yevropada energiya inqirozi bir necha yilgacha cho‘ziladi. Bu haqda ayrim ekspertlarning prognozlariga asoslanib Financial Times gazetasi xabar berdi.

Vitol Shveysariya-Niderlandiya neftetreyderi vakili Sid Bambavalning aytishicha, Yevropada boshlangan gaz inqirozi ikki-uch yilgacha cho‘ziladi. Yuzlab milliard yevro sarflandi, gaz omborlari to‘ldirildi, uy-xo‘jaliklarga yordam ko‘rsatildi, biroq inqiroz xavfi yuqori, shu bois yolg‘on xavfsizlik hissini yaratish yaramaydi, qo‘shimcha qildi u.

Gazeta suhbatga tortgan u va boshqa mutaxassislar energiyaga talabni kamaytirib, qo‘shimcha tabiiy gaz yetkazish yo‘llarini izlashni tavsiya qilishmoqda. Vitol ijrochi direktori Rassel Hardining fikricha, yonilg‘iga talab oshishini ushlash uchun energiya tashuvchilarining narxi baland saqlanib turishi shart.

Yevropa Ittifoqida energiya inqirozi iyul oyi boshlaridan chuqurlashgandi. Bunga Ittifoqning ayrim mamlakatlariga G‘arb sanksiyalari ortidan Rossiyadan gaz yetkazilishidagi uzilishlar sabab bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring