Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq deputat sudya lavozimiga tayinlandi

Sobiq deputat sudya lavozimiga tayinlandi

Xuquqshunos, uzoq yillar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat olib borgan Nuriddin Murodov Toshkent shahar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi etib tayinlangan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.

«Nuriddin aka Murodovni Oliy Majlisda deputat sifatida faoliyat yuritgan vaqtlardan buyon yetuk huquqshunos va ko‘p masalalarda hamfikr maslakdosh sifatida bilaman.

U kishi mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasidagi fikr va g‘oyalari bilan jamoatchilik orasida o‘z o‘rniga ega kamyob shaxslardan.

Nuriddin Murodov kecha Toshkent shahar Uchtepa tumaniga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya sifatida jamoatchilikka tanishtirilibdi.

Rosti bu ishdan quvondim. O‘zining mustaqil fikriga ega, jur’atli va bilimli sudyalargina jamiyatda adolatni ta’minlashi mumkin.

Sudyalik to‘nini kiyib yurish osonmas, u doim yonadi.

Nuriddin aka, rahbaringiz qonun, ishingiz vijdon, hamrohingiz adolat bo‘lsin doimo!» — deb yozadi Rasul Kusherbayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring