Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ayol rashk tufayli 9 yoshli qizni boshiga urib kanalga tashlab yubordi

Farg‘onada ayol rashk tufayli 9 yoshli qizni boshiga urib kanalga tashlab yubordi

Shu yilning 14 aprel kuni Buvayda tumani IIB navbatchilik qismiga «Maslahat» MFY hududidan oqib o‘tgan «Oyimtarra» kanaliga yosh qizcha noma’lum ayol tomonidan urib, tashlab yuborilganligi haqida xabar kelib tushgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur xabar asosida o‘tkazilgan tezkor-tergov harakatlari davomida, fuqaro M.Ye. turmush o‘rtog‘i B.Y. bilan shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqaro M.J.dan rashk qilib, o‘ch olish maqsadida uning 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi F.F.ni maktabdan aldab, «Oyimtarra» kanali yaqiniga olib kelib, qasddan o‘ldirish maqsadida noma’lum jism bilan uning bosh sohasiga urib, kanalga tashlab yuborgan.

Ushbu holatni ko‘rib qolgan Buvayda tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan Sh.Yangiyevning jasorati tufayli F.F. kanaldan qutqarib olinib, hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Ye.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maktab o‘quvchisi Sh.Yangiyevning bu harakatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida Farg‘ona viloyat prokurori va viloyat IIB boshlig‘ining buyruqlari bilan unga tashakkurnoma e’lon qilinib, tadbirda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda u ta’lim olayotgan maktabga bu haqda taqdimnoma kiritilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring