Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada marixuana olib yurgan shaxs ushlandi

Farg‘onada marixuana olib yurgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik moddasini yonida saqlab yurgan shaxs ushlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, So‘x tumani. 2023-yilning 10-yanvar kuni tuman IIB JQB va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, Z.M boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasi Rovon mahalla hududida to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi Z.M.ning telpagi ichida marixuana giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan So‘x tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring