Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada Xitoyning elektromobillari ishlab chiqariladi

Farg‘onada Xitoyning elektromobillari ishlab chiqariladi

Farg‘onada Central Asia Motors korxonasi negizida elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Umumiy loyiha qiymati 55 million AQSh dollarini tashkil etadigan yangi korxonaga 43 million dollar to‘g‘ridan xorijiy investitsiya jalb etiladi.

Bu Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining 2022 – 2024 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

2022 dekabrda ishga tushishi ko‘zda tutilgan ushbu korxona Xitoyning Hong Kong ZRSC Technology kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Yillik quvvati dastlabki paytda 10 ming elektromobilga teng bo‘ladigan ushbu ishlab chiqarish majmuasida 100 dan ziyod yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring