Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada yangicha tartibdagi bojxona posti ish boshladi

Farg‘onada yangicha tartibdagi bojxona posti ish boshladi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasida «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona posti o‘z faoliyatini boshladi.

Qayd etilishicha, bu yerda tadbirkorlar tomonidan barcha bojxona yuk deklaratsiyalari masofaviy taqdim etiladi hamda bojxona xodimlari tomonidan ham shunday tartibda rasmiylashtirilmoqda.

«Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postida rasmiylashtiruvchi xodimlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari hamda nazorat postlaridagi ko‘rik xodimlari bilan aloqa qilish maqsadida videoaloqa va IP telefonlari o‘rnatilib, muloqot ushbu texnik vositalari orqali amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar mazkur bojxona posti tomonidan 18 mingdan ortiq bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi. Ayni kunda bu yerda 20 nafar xodim ish olib bormoqda.

Amaliyotga joriy etilayotgan bunday qulayliklar natijasida eksport va import operatsiyalari bir necha daqiqalar ichida rasmiylashtirilishiga erishilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring