Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi mayning fermasi davlatga 1,8 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

Farg‘onadagi mayning fermasi davlatga 1,8 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan viloyat ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «K.a.» MChJ rahbari M.A. korxonaning Uchko‘prik tumanidagi yordamchi xo‘jaligida go‘yoki kompyuter texnikalarini ta’mirlash sexini tashkil etib, amalda 179 dona «Antminer» mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, 794,7 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan viloyat DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. O‘rikzor ko‘chasidagi uyida go‘yoki muzlatkichlarni ta’mirlash sexi tashkil etib, amalda 6 dona «Antminer” mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, 126,1 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 283,8 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring