Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farzandi o‘limi uchun bosh shifokorni «garovga oldi»

Farzandi o‘limi uchun bosh shifokorni «garovga oldi»

Foto: Milliy gvardiya

Joriy yilning 20-iyul kuni soat 15:44 da Andijon shahar Qo‘riqlash bo‘limiga xodimlar tomonidan qo‘riqlanayotgan Chorguzar ko‘chasi, 12-uyda joylashgan 2-sonli tug‘ruqxonadan «tashvish» xabari kelib tushgan.

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, tezkor guruh xodimlari tug‘ruqxonaga yetib borganida, Asaka shahrida yashovchi 1978 y. t. fuqaro R.D tug‘ruqxona bosh shifokori Q.Sning xizmat xonasiga kirib, eshikni ichki qismidan qulflab olgan holda, tug‘ruq vaqtida vafot etgan farzandining o‘limida shifokorlarni ayblab, uni o‘ldirish bilan tahdid qilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Xodimlar huquqbuzardan eshikni ochishni so‘raganda, u prokurorni chaqirishni talab qilgan.

Voqea joyiga Andijon shahar IIO va FMB rahbarlari, Andijon shahar prokurori yetib kelib, fuqaro R.D.ni eshikni ochishga ko‘ndirgan.

Xodimlar xonaga kirganda huquqbuzarning yonida o‘tkir tig‘li pichoqlar va shurup qotirish uskunasi borligi aniqlangan. Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari Andijon shahar IIB tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring