Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fevral oyidagi test sinovlari uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Fevral oyidagi test sinovlari uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 1-fevral kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

Hujjatlarni qabul qilish 5-fevral kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
  • onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
  • to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring