Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIFA sobiq amaldori qamaldi, «PSJ» prezidenti oqlandi

FIFA sobiq amaldori qamaldi, «PSJ» prezidenti oqlandi

Shveysariya appellsiya sudi FIFA sobiq amaldorini qamoqqa hukm qilgan va «PSJ» prezidentini oqlagan.

FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valke shartli ravishda 11 oyga qamalgan. U hujjatlarni qalbakilashtirish va pora olish bo‘yicha aybdor deb topilgan. «PSJ» prezidenti Nossir al-Xalayfi esa Valkeni bu jinoyatga undaganlikdan gumon qilingan edi, ammo sud uni oqlagan.

2020 yilda Valke ayni jinoyatlarni sodir etmagan deb topilib, oqlangandi. Ammo prokuratura hukmga nisbatan appelyasiya bergan.

2015 yilda FIFA bosh kotibi Valke axloq qo‘mitasi tomonidan futboldan chetlatilgandi. U 2010 yilda jahon chempionatini JARda o‘tkazish ishlarini tashkil qilish uchun pora olishda gumonlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA va UYeFA sobiq rahbarlari Zepp Blatter va Mishel Platini ustidan ham sud jarayoni boshlangan. Hukm keyingi oy boshida e’lon qilinishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring