Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Foto: haydovchining keskin harakati noxushlikka sabab bo‘ldi

Foto: haydovchining keskin harakati noxushlikka sabab bo‘ldi

25-noyabr kuni Bektemir tumani hududidan o‘tgan «Sergeli-Bo‘stonliq» avtomobil yo‘lida, haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan O.T. «Kamaz» rusumli avtomobilda harakatlanayotib keskin tormoz bergan. Oqibatda yukxonada bo‘lgan beton ustunlar joyidan oldinga siljib, avtomobilning kabina qismiga zarar yetkazgan.

Natijada, haydovchi O.T. yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda haydovchi hodisa joyida, ahvoli yaxshi.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring