Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya O‘zbekistonga yangi avlod yadro reaktorlarini yetkazishga tayyor

Fransiya O‘zbekistonga yangi avlod yadro reaktorlarini yetkazishga tayyor

Fransiya O‘zbekistonda qurilayotgan AES uchun yangi avlod yadro reaktorlarini yetkazib berishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda fransuz tashqi savdo vaziri Olive Bext aytgan.

«Hozir yangi avlod yadro reaktorlarini ishlab chiqaryapmiz. Agar o‘zbek tomoni qiziqib, so‘rashsa, biz aynan ularni taqdimot qilib berishga tayyormiz», – degan Bext.

Bextning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya 56 ta yadro reaktoriini qurib bo‘lgan va bu sohaga ko‘p sarmoya kirityapti. Lekin Bextning Toshkentga tashrifi chog‘ida ular yadro energetika emas, «yashil energetika», quyosh panellari o‘rnatish va gidroenergetika masalasini gaplashishgan.

Shuningdek, bu yilda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif bilan kelishi kutilyapti. Uning faqat O‘zbekistongami yoki Markaziy Osiyo davlatlarigami, bu hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, 2018 yil sentyabr oyida Rossiya va O‘zbekiston 3+ avloddagi ikkita VVEP-1200 yadro reaktoridan respublikada birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. AES qurilishi 2022 yilda boshlanishi taxmin qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring