Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘alati «tartib»: kechikkan o‘quvchi jarimaga tortiladi va o‘qituvchining yelkalarini uqalaydi...(video)

G‘alati «tartib»: kechikkan o‘quvchi jarimaga tortiladi va o‘qituvchining yelkalarini uqalaydi...(video)

Skrinshot

«Muxbir Daliyev» telegram-kanali xabarida Andijondagi 1-o‘rta maktabda g‘alati tartib joriy qilingani aytiladi: darsga kech qolgan o‘quvchidan 2000 so‘m, darsga kelmaganlaridan 10 000 so‘mdan jarima puli undiriladi. Kamiga o‘qituvchining qo‘llari va yelkalarini uqalash majburiyati ham bor ekan!..

Tasavvurga sig‘mas bunday «qoida»ga dalil tariqasida kanalda videolavha ham joylashtirilgan. Tasvirlarda bir o‘qituvchi qator turgan o‘quvchilardan birma-bir pul yig‘ayotganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, unda ikki nafar o‘quvchi ustozining yelka-qo‘llarini uqalayotgani ham aks etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring