Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gayichmi Gaych? Futbolkalar almashib ketdi...

Gayichmi Gaych? Futbolkalar almashib ketdi...

Rossiya futbolida g‘ayriodatiy voqea yuz berdi: SSKA jamoasi «Orenburg»ga qarshi o‘yindagi holat uchun 150 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Gap shundaki, serbiyalik Milan Gayich maydonga argentinalik Adolfo Gaychning futbolkasini kiyib tushgan...

Armiyachilarning himoyachisi Gayich Orenburgdagi o‘yinda (2:2) birinchi taymda 22-raqamli futbolkada to‘p surgan. Tanaffusdan so‘ng maydonga 21-raqamli futbolkada qaytdi, uning ort qismiga argentinalik jamoadoshining familiyasi yozilgandi: Gaych. Hech qanaqagangi ko‘zbo‘yamachilik bo‘lgani yo‘q, shoshilinchda futbolkalar almashib ketgan.

55-daqiqada uchrashuv hakami Vladislav Bezborodov Gayich o‘z raqami ostida o‘ynamayotganini sezib qoladi va undan futbolkasini almashtirishni so‘raydi.

Masala oddiy, lekin... Rossiya premer-ligasi reglamentiga ko‘ra, futbolchi nafaqat bir o‘yinda, balki mavsum davomida raqamini o‘zgartirgani uchun jamoa jazolanishi mumkin.

Bir chempionat mavsumi davomida bir futbolchi ikki xil raqamdan foydalanishi yoki raqamini o‘zgartirishiga yo‘l qo‘yilmaydi, buning uchun 20 mingdan 150 ming rublgacha jarima belgilangan. Qarorni nazorat-intizom qo‘mitasi qabul qiladi.

Futbol, umuman sportda, o‘xshash, bir xil nomlar ko‘p, hakamlarning ko‘zi faqat raqamlarni «ko‘radi»...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring