Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gentra»ni yoqib yuborgan maktab o‘quvchilarining shaxsi aniqlandi

«Gentra»ni yoqib yuborgan maktab o‘quvchilarining shaxsi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarida yosh bolalar tomonidan «Gentra»ning old qismini yoqib yuborilgani tasvirlangan video tarqalgandi. Farg‘ona viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning 21-dekabr kuni Qo‘qon shahar 33-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchilari — voyaga yetmagan M.U., A.U hamda A.B.lar shaharning A.Navoiy mavzesidagi savdo do‘koni oldida o‘zlarida bo‘lgan gugurt cho‘pini yoqib, shu yerda turgan, Gentra rusumli avtomashinaning old qismiga qistirib ketishgan. Natijada, avtomashinada yong‘in chiqib, moddiy zarar yetkazilgan.

Shunday bo‘lsada, avtomashina egasi fuqaro D.S. ichki ishlar organlariga bu haqida murojaat qilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat Qo‘qon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari — M.Yu., A.Y va I.A.larga nisbatan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Avtomashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring