Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada birato‘la 18 ta mashina avtohalokatga uchradi, 28 kishi jabr ko‘rdi

Germaniyada birato‘la 18 ta mashina avtohalokatga uchradi, 28 kishi jabr ko‘rdi

Foto: «Racurs.ua»

Germaniyaning janubi-g‘arbida yirik avtohalokat sodir bo‘ldi. Unda 18 ta avtomobil, 29 nafar kishi zarar ko‘rdi va mo‘’jiza tufayli o‘lim qayd etilmadi, deya xabar berdi «ZDF» nashri.

Noxush hodisa Bavariyaning Quyi Frankoniya okrugida sodir bo‘lgan. Yo‘lni quyuq tuman qoplagan va namgarchilik yuqori bo‘lgan. Shu bois haydovchilar tormoz berishga ulgurishmagan va sirpanchiq yo‘l tufayli boshqaruvni yo‘qotgan mashinaga borib urilishgan.

Shikastlangan mashinalar orasida uchta o‘t o‘chirish va ikkita politsiya, shuningdek, bir nechta yuk mashinalari ham bor. Ayni vaqtda magistraldagi harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring