Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Golden House yangi ish o‘rinlarini tashkil etadi

Golden House yangi ish o‘rinlarini tashkil etadi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarda O‘zbekistonning eng yirik developerlaridan biri bo‘lgan Golden House xodimlar sonini qisqartirayotgani haqida anonim post tarqaldi. Ushbu xabarning raddiyasi bilan kompani rahbari bayonot berdi.

Ba’zi pabliklar tomonidan tarqatilayotgan ma’lumotni sharhlar ekan, Golden House Development rahbari Avraam Gorodetskiy shunday dedi:

«Bizning kompaniyamizda ochiqdan-ochiq absurd va shu bilan birga anonim ayblovlarni sharhlash odat tusiga kirmagan, biroq bugun men istisno tariqasida izoh berishga qaror qildim.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shaxsan menga yo‘naltirilgan bir necha ig‘vogar xabarlar chop etildi. Bu meni obro‘sizlantirish uchun ataylab qilingan aksiya ekanligiga shubha yo‘q. Golden House xodimlarni qisqartirmayotgani, aksincha, yangi yirik loyihalar uchun xodimlarni faol ravishda ishga jalb etayotganini ko‘rish uchun yirik mutaxassis bo‘lish shart emas. O‘tgan yilning o‘zida kompaniyada ishlayotgan xodimlarning soni 60 foizdan ziyodga o‘sdi va o‘sishda davom etmoqda.

Yolg‘on xabarlar kampaniyasini to‘xtatish uchun biz imkoni bo‘lgan barcha qonuniy choralarni ko‘rmoqdamiz. Shu tariqa biz huquqni himoya qilish idoralariga rasman ariza bilan murojaat qildik. Ushbu tashkilot O‘zbekistonning qurilish bozoridagi yetakchilardan birining obro‘siga putur yetkazmoqchi bo‘lganlarni aniqlab, javobgarlikka tortadilar deya umid qilaman».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring