Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google» kompaniyasi «tekinxo‘rlar»dan pul ishlamoqchi

«Google» kompaniyasi «tekinxo‘rlar»dan pul ishlamoqchi

Foto: «BGR.com»

«Google» kompaniyasi bepul ilovalar foydalanuvchilaridan daromad olmoqchi.

Kompaniya dasturchilar uchun chiqargan «Rewarded Products» vositasi yordamida maqsadiga erishmoqchi. G‘oyaning mohiyati shundaki, pul sarflashni istamaydigan foydalanuvchi ham baribir dastur yaratuvchisiga tushum keltiradi, albatta, uning naqd pulini olish shart emas, biroq reklama ko‘rishga «majbur qilish» mumkin.

Loyihaning dastlabki bosqichida dasturchilar videoreklama opsiyasidan foydalanishlari mumkin. Uni tomosha qiluvchilar bonuslar, masalan, o‘yinlar uchun pullar, olishadi. Biroq hamma narsaning chorasi bor, aytishlaricha, android amaliy tizimlarida bu opsiyani o‘chirib qo‘yish mumkin ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring