Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google Photos» foydalanuvchilari soni 1 mlrd.dan oshdi

«Google Photos» foydalanuvchilari soni 1 mlrd.dan oshdi

Foto: «Android Hedlines»

Fotosuratlarni saqlash va tahrirlash imkonini beruvchi «Google Photos» ilovasining mijozlari soni to‘r t yil ichida 1 mlrd. nafardan oshdi. Bu haqda «Fast Company» jurnali xabar berdi.

«Google Photos» servisi 2015-yili yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, androidli smartfonlarga mo‘ljallangan. Uning eng katta ustunliklaridan biri foydalanuvchilarning cheklanmagan miqdordagi fotosuratlarini bulutli saqlovxonalarda saqlab berishi edi.

Eslatib o‘tamiz, «Google Photos» servisi «Google» kompaniyasining bir milliarddan ortiq inson foydalanayotgan 9-xizmatidir. Bungacha ushbu dovonni «Android», «Chrome», «Gmail», «Google Drive», «Google Maps», «Google Play», «YouTube» hamda «Google» qidiruv tizimi ishg‘ol qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring