Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziya banki Rossiya va Belorus fuqarolarining hisob raqamini bloklamoqchi

Gruziya banki Rossiya va Belorus fuqarolarining hisob raqamini bloklamoqchi

Gruziya banki (BOG) bir qator mijozlar, jumladan, o‘nlab Rossiya va Belarus fuqarolarining hisoblarini majburan yopishni boshladi. Bu haqda Lenta.ru ma’lum qildi.

Bankning mijozlarga yuborgan xabariga ko‘ra, hisob raqamlari ikki yoki besh kun ichida yopiladi. Kredit tashkiloti vakili «bankning ichki siyosati» va mamlakat Milliy bankining ko‘rsatmasiga asoslanib, hisobvaraqlarning bloklanishi sababini nomlashdan bosh tortdi, unga ko‘ra tijorat banklari hech qanday tushuntirishsiz hisobvaraqlarni yopish huquqiga ega.

Ta’kidlashicha, o‘zgarishlar «fuqaroligidan qat’i nazar» mijozlarning ma’lum toifasiga ta’sir ko‘rsatdi.

Bank foydalanuvchilariga ko‘ra, Gruziya va xorijda foydalaniladigan kartalar, biznes va shaxsiy hisoblar bloklangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring