Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston orqali o‘tadigan Guliston-Qo‘qon yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Tojikiston orqali o‘tadigan Guliston-Qo‘qon yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yaqin kunlarda Tojikiston Respublikasi orqali o‘tadigan Guliston shahrini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi «Guliston – Qo‘qon» viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Guliston shahridan jo‘naydigan avtobus «Xovosobod» hamda Farg‘ona viloyati yaqinidagi «Andarxon» chegara bojxona postlari orqali Qo‘qon shahriga yetib boradi.

Yo‘lovchilarda xorijga chiqish pasporti bo‘lishi talab etiladi.

Ushbu yo‘nalishning masofasi 264,3 kilometr bo‘lib, yo‘l haqi 50 (ellik) ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.  

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring